Lolaning lisenziyasi olindimi? Yo‘q bo‘lsa, nega? (video)

Lolaning lisenziyasi olindimi? Yo‘q bo‘lsa, nega? (video)

Xonanda Lola Yo‘ldoshevaning "Sevgingni menga ayt" nomli qo‘shig‘iga ishlangan klip omma orasida shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Qo‘shiq va klip yuzasidan omma fikrini o‘rgangan xonanda "Sevgingni menga ayt-2" nomli yangi videoklipni suratga oldi. 

Lolaning yutubdagi kanaliga joylangan mazkur videoyeklip tomoshabinlar tomonidan "Bomba" deya e’tirof etilmoqda. Sababi, videoda bugungi jamiyatimizda kuzatilayotgan ayrim mantiqsizliklar nozik kulgu ostiga olingan. Klipda xonanda yurtimiz shou-biznesidagi yozilmagan hamda biror mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qonun-qoidalar, soqol masalasi, jinoyatga moyil ayollar ro‘yxatini tuzish kabi holatlarni voqealar syujetiga ustalik bilan kiritib yuborgan. 

Xullas, klipni kulgisiz tomosha qilishning imkoni yo‘q. Darvoqe, xonanda o‘z klipini "Lolaning lisenziyasi olindimi?" deya nomlashida ham alohida ma’no bor. Bugun e’lon qilingan videoklipga "O‘zbeknavo" tomonidan yaqin orada munosabat bildirilishi kutilmoqda. Xo‘sh, ana shunday klipdan so‘ng ham Lola lisenziyasidan ayrilmay, ijodini davom ettira oladimi? Marhamat, klipni o‘zingiz tomosha qiling.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!