Koronavirusdan tuzalganlar qanday muammoga duch kelishi ma’lum bo‘ldi

Koronavirusdan tuzalganlar qanday muammoga duch kelishi ma’lum bo‘ldi

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, koronavirusdan sog‘aygan bemor tish bilan bog‘liq muammolarga duch kelishi mumkin. Ya’ni tish tushishi kuzatiladi.

Xususan, Nyu-Yorkda bahorda COVID-19 yuqtirgan ayrim bemorlar tishlaridan ayrilgan, qizig‘i, bu jarayonda hech qanday og‘riq yoki qon ketishi kuzatilmagan.

Ayni damda shifokorlar simptomlarni o‘rganishni boshladilar, chunki bunday murojaatlarning soni tobora ko‘paymoqda.

Shu bilan birga, mutaxassis Uilyam Li qonsiz tish tushishi o‘ziga xos xususiyat ekanligini va tish go‘shtidagi qon tomirlari bilan yuzaga keladigan ba’zi jarayonlar sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi, deb yozadi The New York Times.

Ba’zi tish shifokorlari bu hodisa virusdan himoya bo‘lishi mumkin deb hisoblashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!