Koronavirus sun’iy ravishda yaratilgan(mi?)

Koronavirus sun’iy ravishda yaratilgan(mi?)

Dehlidagi Javaharlal Neru davlat universitetining genetika professori Anand Ranganatan va uning hamkasblari xitoylik koronavirusni o‘rganish bo‘yicha hisobot chop etishdi.

Ular xitoylik koronavirus hayvonlar orasida keng tarqalgan ikki xil koronavirus (ko‘rshapalaklar va ilonlar) hamda OIVga xos bo‘lgan to‘rtta virusga o‘xshash qo‘shimchalardan hosil bo‘lganligini aniqladilar.

Ma’lum koronavirus bunday tuzilishga ega emas. Shunga asoslanib, hind olimlari virus sun’iy ravishda yaratilganligini da’vo qilmoqda.

Hindistonlik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga izoh berarkan, BMTning biologik va kimyoviy qurollar bo‘yicha komissiyasining sobiq a’zosi, harbiy ekspert Igor Nikulin Xitoyda koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni OITSga qarshi dori-darmonlar bilan davolayotganliklari va tuzalib ketgan odamlar borligini ta’kidladi.

Jumladan, u "Moskovskiy komsomoles"ga bergan intervyusida shunday dedi: "Bu aniq jangovar virus. Hech shubha yo‘qki, u maqsadli ravishda yaratilgan."

Olimlar koronavirusning yangi turiga qarshi vaksina yaratayotgan bir paytda, shifokorlar unga qarshi kurashning asosiy usullari grippga qarshi kurash bilan bir xil ekanligini aytishmoqda.

Ko‘chadan uyga kirgan zahoti qo‘lingizni yuvish, burunni suv bilan tozalash  (chunki virus shilliq qavatiga yopishadi) lozim. Sobiq SSSR bosh sanitar shifokori bo‘lgan Nikolay Burgasov har qanday epidemiyada ushbu ikki narsani qilishni maslahat bergan. Aytgancha, u 90 yildan ortiq umr ko‘rgan.

Tahririyatdan: Hech qaysi dinda tozalik va poklikka Islom dinidagidek e’tibor berilmagan. Islom poklikni iymoniy masala darajasiga ko‘targan. Azizlar xar vaqt har joyda tozalik va poklik odoblariga rioya qilishni aslo unutmaylik, zero poklik iymondandir deb bejiz aytilmagan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!