Koronavirus: Qirg‘iziston favqulotda holat e’lon qildi

Koronavirus: Qirg‘iziston favqulotda holat e’lon qildi

Qirg‘iziston Xavfsizlik Kengashi hukumatga 22 mart yakshanba kunidan boshlab favqulotda holat rejimini joriy etishni tavsiya qildi. Bu haqda "Sputnik Qirg'iziston" respublika prezidenti matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Shu bilan birga, hukumat koronavirus aniqlangan O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlarining uch tumanida favqulotda holat e’lon qildi.

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 12 nafarni tashkil qiladi. Ularning barchasi Saudiya Arabistoni va Quvaytdan ziyoratdan qaytganlardir. Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, dastlabki oltita bemor 2330 ta fuqaro bilan aloqada bo‘lgan.

Avvalroq mamlakat chet el fuqarolariga vaqtincha taqiq joriy etgandi. Ommaviy tadbirlar taqiqlangan, maktab va universitetlar karantinga qo‘yilgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!