Kipr banklari Rossiya fuqarolaridan ko‘p yillik daromadlari manbalarini oshkor qilishni talab qila boshladi

Kipr banklari Rossiya fuqarolaridan ko‘p yillik daromadlari manbalarini oshkor qilishni talab qila boshladi

Kiprlik banklar, rossiyaliklardan o‘tgan davr mobaynida olgan daromad manbalari haqida ma’lumot berishni talab qila boshladilar, deya xabar beradi Bloomberg.

Agentlik kamida ikkita bunday holatdan xabardor bo‘ldi. Gap, 10 yildan ziyod vaqt davomida orolda pul saqlab turgan tadbirkorlar hisob-raqami xaqida ketmoqda. Bloomberg agentligining xabar berishicha, o‘tgan oylarda banklar ular bilan bog‘lanib, ko‘p yillar oldin topgan daromadlari bo‘yicha hujjatlarni taqdim etishni so‘rashmoqda. Tadbirkorlar buni qila olmagani uchun, ular hisoblarini yopishiga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu talablar- noyabr oyida kuchga kirgan Kipr Markaziy bankining direktivasi bo‘lib, kredit tashkilotlarining offshor tuzilmalar bilan ishlash qobiliyatini cheklab qo‘yadi va bu Rossiyaga qarshi AQSh sanksiyalarining natijasidir. Shu sababli, Kiprlik banklar Rossiyadagi pullar bilan shug‘ullanmaslikni afzal ko‘rishadi, deydi Kipr banklari aksiyadorlari va investorlar huquqlarini himoya qilish Markazining sobiq direktori Yevgeniy Kogan. Rossiyalik mijozlar toksik bo‘lib qolmoqda , - deya u ta’kidlab o‘tdi.

Kiprda ko‘chmas mulk bilan shug‘ullanuvchi Gazprom ning sobiq bosh direktor o‘rinbosari Aleksandr Ryazanovning tasdiqlashicha,- Kipr banklariga hozir juda ko‘p qog‘ozlar kerak . Hozir yangi hisob-raqami ochish juda qiyin , deydi u.

Kiprning iqtisodiy modeli allaqachon o‘zgardi va endi offshor kompaniyalar va xorijiy depozitlarga kamroq tayanmoqda , degan edi Kipr moliya vaziri Xarris Georgiades, sentyabr oyida Bloombergga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Kipr amaliy jihatdan orolda mavjud bo‘ladigan, haqiqiy faoliyatini olib boradigan va xodimlarni yollashga tayyor bo‘ladigan biznesni jalb qilishga intilmoqda.

Rossiyaliklar bunga oyoqlarining uchi bilan qaraganday munosabat bildirishmoqda. Kipr Markaziy bankining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyining ohirida, orolning banklaridagi yevro hududlariga kirmaydiganlar (asosan ruslar) hisob-raqamlarida bo‘lgan mablag‘lar miqdori, 2012 yil oxirida 21,5 milliard yevroga nisbatan- 7,1 milliard yevroni tashkil qilgan.

Biroq, bir qator yirik rus biznesmenlari Kiprda o‘zlarining mavjudligini saqlab qolishmoqda. Bloomberg, ular orasida Viktor Rashnikov (Magnitagorsk metallurgiya kombinati), Vladimir Lisin (Novolipesk metallurgiya kombinati, Lisin Kipr xolding kompaniyasi orqali guruhdagi o‘z ulushini boshqaradi) va Norilskiy nikel TMK prezidenti Vladimir Potanin borligini aytmoqda.

Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!