Kim Chen In Donald Trampga maktub jo‘natdi

Kim Chen In Donald Trampga maktub jo‘natdi

2018 yilning dekabr oyida Amerika yetakchisi KXDR rahbari bilan yanvar yoki fevral oyida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In AQSh prezidenti Trampga maktub jo‘natdi. Bu haqda Yonhapnashri ma’lum qilmoqda.

Ushbu maktubni Koreya Mehnat partiyasi yagona front bo‘limi boshlig‘i Kim Yon Chxol Vashingtonga tashrifi chog‘ida AQSh prezidentiga yetkazishi kerak bo‘lgan.

AQSh OAV Tramp ham avvalroq KXDR rahbariga xabar jo‘natgani to‘g‘risida xabar tarqatmoqda.

life.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!