Kerchdagi fojiada jabrlanganlardan birining tanasidan mix va boltlar chiqarib olindi

Kerchdagi fojiada jabrlanganlardan birining tanasidan mix va boltlar chiqarib olindi

Kerchdagi kollejdagi fojia oqibatida jabrlanganlardan birining tanasidan jarrohlik operasiyasi davomida mixlar va boltlar chiqarib olindi. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligida ma’lum qilingan.

Jabrlanuvchi Kerchdan Moskvaga yetkazilgan va A.Vishnevskiy nomidagi institutda kechki vaqt operasiya qilingan.

17 oktyabrda Kerch politexnika kolleji talabasi Vladislav Roslyakov o‘zi ta’lim olgan o‘quv muassasasida otishma va portlash sodir etgan, so‘ngra o‘z joniga qasd qilgan. Fojia oqibatida 21 kishi, jumladan 16 nafar talaba va 5 nafar kollej xodimi halok bo‘lgan, 50 dan ko‘proq odam jarohat olgan. Og‘ir ahvolda bo‘lgan 9 kishi Moskvaga yetkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, kollejda portlatilgan qurilma metall bo‘laklar bilan to‘ldirilgan bo‘lgan.  

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!