Kambodja BRIKSga e’tibor qaratmoqda, ammo...

Kambodja BRIKSga e’tibor qaratmoqda, ammo...

Kambodja BRIKSga e’tibor qaratmoqda, ammo ariza berish to‘g‘risida qaror qabul qilmagan.

Kambodja BRIKSning ko‘plab g‘oyalari bilan o‘rtoqlashadi, ammo tashkilotga a’zo bo‘lish uchun hali ariza bermagan. Bu haqda Kambodjaning Moskvadagi elchixonasi «Izvestiya» gazetasiga xabar berdi.

«Bizda qirollikning guruhga qo‘shilish rejalari, unda ishtirok etish formati haqida ham ma’lumot yo‘q. Shu bilan birga, mamlakat rahbariyati birlashish g‘oyalariga, jumladan, demokratik ko‘p qutbli dunyoni shakllantirishni qo‘llab-quvvatlash masalalariga hamohang bo‘lgan fikrlarni bildirmoqda», — deyiladi nashr.

Diplomatik missiya Pnompen BRIKSdagi kelajagi haqida Rossiya raisligi bo‘lgan 2024 yilda qaror qabul qilishini istisno etmaydi, deb yozadi «Izvestiya».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!