Jismoniy shaxslar qimmatbaho yombilar va tangalarni xorijga cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin

Jismoniy shaxslar qimmatbaho yombilar va tangalarni xorijga cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin

 

“Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–6066-son, 22.09.2020 y.) qabul qilindi.  

Farmonga muvofiq, jismoniy shaxslar tegishli sertifikatlar mavjud bo‘lganda, qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilar va Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini respublika hududidan tashqariga bojxona deklarasiyasini to‘ldirgan holda cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin.

Farmonga ko‘ra, Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tugatilib, Markaziy bankda Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmati tashkil etildi.

Shuningdek, birja savdolarida sotiladigan qimmatbaho metallarni respublika hududlariga yetkazib berish mexanizmi joriy etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!