Hindistonda rohinjalar lageri yonib ketdi

Hindistonda rohinjalar lageri yonib ketdi

Hindiston poytaxti Nyu-Dehlining janubi-sharqidagi “Kalindi Kunj” metro bekati yaqinida joylashgan rohinjalar lagerida kelib chiqqan yong‘inda 56 ta chodir yonib ketdi.

“Anadolu” agentligining xabar berishicha, bu chodirlarda taxminan 270 nafar qochqin yashar edi. Polisiya yong‘inning sababi hozircha ma’lum emasligini bildirdi. Hodisada hech kim tan jarohat olmagan.

Myanmaning Arakan shtatida yashagan musulmon rohinjalar 2017 yilning avgustida armiya va millatchi buddaviylarning hujumlari tufayli o‘zga yurtlarga qochishga majbur bo‘ldi. Ularning aksar qismi qo‘shni Bangladeshga bordi.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yilning avgustidan keyin Bangladeshga qochgan rohinjalar soni 900 mingdan oshgan. BMT va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari arakanlik musulmonlarga nisbatan zo‘ravonliklarni etnik tozalik va genosid deya baholagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!