Hadson-Odoi Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yosh debyutant bo‘ldi

Hadson-Odoi Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yosh debyutant bo‘ldi

22 mart, juma kuni Yevro 2020 musobaqasiga saralash bahsidan o‘rin olgan Chexiyaga qarshi o‘yinda Chelsi yarim himoyachisi Kallum Hadson-Odoi maydonga tushdi (5:0).

U uchrashuvning 70-daqiqasida het-trik muallifi, Manchester Siti vingeri Rahim Sterling o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.

Natijada Hadson-Odoi Angliya terma jamoasi tarixidagi rasmiy o‘yinda maydonga tushgan eng yosh debyutant bo‘ldi. Bu haqda Opta xabar berdi. Kecha u maydonga tushgan vaqtda 18 yosh 135 kunlik edi.

Bu borada u Dankan Edvards o‘rnatgan rekordni yangiladi. Edvards 18 yosh 183 kunlik vaqtida mamlakat termasi tarkibida ilk bor maydonga tushgandi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!