Habib Nurmagomedov: «Biz o‘z g‘ururimizni himoya qila oldik — bu eng muhimi​»

Habib Nurmagomedov: «Biz o‘z g‘ururimizni himoya qila oldik — bu eng muhimi​»

Habib Nurmagomedov jamoasi a’zosi Zubayra Tuxugov 27 oktyabr kuni Artyom Lobovga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Ammo Habib va Konor o‘rtasidagi jangdan keyin mushtlashuvda ishtirok etgani uchun Tuxugovning jangi bekor qilindi. Bu doping uchun ikki yillik diskvalifikasiyadan keyin Tuxugov uchun birinchi jang bo‘lishi kerak edi.

Habib Nurmagomedov agar uning do‘sti Zubayra Tuxugovni Artyom Lobov bilan jangga chiqishiga ruxsat berishmasa, UFC bilan shartnomani yirtib tashlash bilan tahdid qildi deb yozadi Daryo.uz nashri.
 

Agar siz meni jim turishimni kutgan bo‘lsangiz, adashasiz. Siz Zubayra Konorni urgani uchungina uning jangini bekor qildingiz va uni bo‘shatmoqchisiz. Aslida Konor birinchi bo‘lib mening boshqa bir ukamni urgandi, kameralarda hammasi ko‘rinib turibdi.

Bilib qo‘yingki, siz u bilan birga meni ham yo‘qotasiz. Biz o‘zimiznikilarni yolg‘iz tashlab qo‘ymaymiz va men o‘z ukam uchun oxirigacha boraman. Agar siz uni bo‘shatishga qaror qilsangiz, menga ham yirtilgan shartnomani yuborishni unutmang, aks holda men o‘zim uni burdalab tashlayman.

Ha, sal bo‘lmasa yodimdan ko‘tarilay debdi, sizlar bermayotgan mening gonorarimni o‘zingizga olib qolishingiz mumkin. Faqat tomog‘ingizga tiqilib qolmasin. Biz o‘z g‘ururimizni himoya qila oldik — bu eng muhimi.
 
Manba: zamin. uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!