Gresiyada plyaj ustiga qoya ko‘chib tushdi

Gresiyada plyaj ustiga qoya ko‘chib tushdi

Gresiyaning Zakinf orolidagi Navayo plyaji ustiga qoya ko‘chib tushishi oqibatida yetti kishi jarohatlandi. Bu haqda Ekathimerini xabar qilmoqda.Qayd etilishicha, Navayo plyaji Ioniya orollaridagi diqqatga sazovor maskandir. U tik qoyalar bilan o‘ralgan bo‘lib, bu yerga faqat qayiqda kelish mumkin.Videolavhada qoyaning ko‘chib tushishi va plyajda dam olayotganlarning jon holatda har tarafga qochishi aks etgan. Bir nechta qayiq ag‘darilib ketgan.
Ta’kidlanishicha, hodisa oqibatida odamlar jiddiy jarohatlanmagan. Ularning aksariyatiga o‘sha yerning o‘zida yordam ko‘rsatilgan. Faqatgina chexiyalik sayyoh kasalxonaga yotqizilgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!