Gollivudda 12 iyundan suratga olish ishlari boshlanishi mumkin

Gollivudda 12 iyundan suratga olish ishlari boshlanishi mumkin

Amerikaning Kaliforniya shtatida koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatib qo‘yilgan filmlar va televizion ko‘rsatuvlarni suratga olish ishlari 12 iyundan yana boshlanishi mumkin. Bu haqda gubernator Gevin Nyusom devonxonasi ma’lumotiga asoslanib Los Angeles Times nashri xabar berdi.

AQShning jamoat sog‘liqni saqlash departamentining izohlashicha, kino, tele va musiqiy ishlab chiqarishni faqat sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari tasdiqlagandan keyingina yana boshlash mumkin. Shunga ko‘ra, departament “Kaliforniyada musiqa, televideniye va kino ishlari tavsiya etilganidek, 12 iyundan keyin boshlanishi mumkin va bu ham okrug sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari tomonidan faoliyat kompetentligi doirasida tasdiqlanadi”, – deyiladi xabarda.

Unga quyidagilar qo‘shimcha qilingan: “COVID-19 yuqtirib olish xavfini kamaytirish uchun - aktyorlar tarkibi, suratga oluvchi guruh, sanoatning boshqa xodimlari rahbariyat va ishchilar o‘rtasida kelishib olingan hamda okrug sog‘liqni saqlash xodimlari tomonidan yanada kuchaytirilishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik bayonnomasiga amal qilishlari shart”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!