Germaniya razvedkasida Putinga tegishli guvohnoma topildi

Germaniya razvedkasida Putinga tegishli guvohnoma topildi

Sobiq Germaniya Demokratik Respublikasi Davlat xavfsizligi vazirligi (Shtazi)ning arxivlaridan Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin nomiga guvohnoma topildi.
 
Ma’lum bo‘lishicha, GDR mavjud bo‘lib turgan vaqtda Putin Shtazi xodimi bo‘lgan. Guvohnoma Shtazining Drezdendagi “Kadrlar va mutaxassisliklar” bo‘limida topilgan. U 1985 yil 31 dekabr kuni berilgan va 1989 yilgacha har chorakda muddati uzayib borgan. Ta’kidlanishicha, hujjatda Putinning imzosi ham bor.
 
Shtazining Drezdendagi bo‘limi rahbari Konrad Feldyerning so‘zlariga ko‘ra, guvohnoma Davlat xavfsizlik qo‘mitasining Drezdendagi boshqarmasida ishlagan Putinga Shtazi idoralariga bemalol kirib chiqishini ta’minlagan. Shuningdek, Putin Sovet davlati maxsus xizmati xodimi ekanini ham ochiqlay olmagan.

Qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!