G‘azodan raketa hujumi oqibatida yetti nafar isroillik jabrlandi

G‘azodan raketa hujumi oqibatida yetti nafar isroillik jabrlandi

G‘azo sektoridan amalga oshirilgan raketa hujumi oqibatida olti nafar isroillik jabrlandi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Jabrlanganlar orasida bolalar bor.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, bitta ayol o‘rta darajadagi tan jarohati olgan. Yana bir necha kishiga psixologik yordam zarur bo‘lgan.

Keyinroq shifokorlar yetti kishi jarohat olganligini aniqlagan. Ular orasida olti oylik, uch va 12 yoshli uch nafar bola bor.

Polisiya Falastin raketasining Isroilning Mishmeret qishlog‘idagi turar-joy binolariga hujum qilganini xabar qilmoqda. Ushbu bombardimonlar havo sirenalarini faollashtirgan.

Yakshanba kuni Falastin va Isroil harbiylari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar G‘azo chegarasining sharqiy chegarasi bo‘ylab davom etdi. Ular deyarli bir yil davom etgan Buyuk qaytish marshining norozilik namoyishlari bilan bog‘liq.

Ushbu namoyishlar muntazam ravishda Isroil askarlari bilan to‘qnashuvlarga aylanadi. Biroq, ular falastinliklarga qarshi kuch ishlatish ayblovlarini rad etmoqdalar.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!