Fransiyada sud tomonidan erta tongda qichqirish ruxsatini olgan Moris laqabli xo‘roz vafot etdi

Fransiyada sud tomonidan erta tongda qichqirish ruxsatini olgan Moris laqabli xo‘roz vafot etdi

Ta’kidlanishicha, Moris o‘tkir rinitdan vafot etgan.

«Bu yuragimni parchalab yubordi. Biz yangi xo‘roz sotib oldik va uni ham Moris deb atadik. U ham yaxshi qichqiradi. Biroq u hech qachon bizning Morisimiz bo‘la olmaydi», — deydi xo‘roz egasi Korin Fesso. Uning tan olishicha, xo‘roz may oyida o‘lgan, biroq u bu haqda endigina ma’lum qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bir necha yil oldin mahalliy aholi Morisni sudga bergan edi. Da’vo arizasida u erta tongda qichqirib, odamlarning uxlashiga xalaqit berayotgani qayd etilgandi.

2017 yilda Moris va uning bekasiga qarshi ikkita petisiya tashkil qilinib, 155 ming kishi tomonidan imzolangan. 2019 yilning iyulida esa sud bo‘lib o‘tgan, biroq javobgarlarning hech biri unga kelmagan. 2019 yilning sentyabrida esa Roshfor kommunasi sudi da’voni rad etib, Morisning qichqirishiga ruxsat bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!