Evropa sayyoradagi eng qadimiy daraxtlar bilan qoplanishi mumkin

Evropa sayyoradagi eng qadimiy daraxtlar bilan qoplanishi mumkin

Xalqaro olimlar jamoasi tajriba o‘tkazib, eng qadimiy daraxtlardan biri bo‘lmish sekvoyya zamonaviy G‘arbiy Yevropaning iqlim sharoitiga moslasha olishini aniqlashdi.

Nature nashri tomonidan ma’lum qilinishicha, tajriba uchun sekvoyya tasodifan tanlanmagan: daraxt tez o‘sishi, yog‘ochining parchalanishga chidamliligi, po‘stlog‘ining esa issiqqa moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Sekvoyya o‘rmon sanoatida foydali bo‘lishi mumkin, ammo uning issiqsevarligi plantasiyalarning tabiiy yashash joylaridan tashqarida, ya’ni AQShning Tinch okeani sohillarida tarqalishiga xalaqit bergan.

“Sekvoyya - bu dinozavrlardan ham o‘n millionlab yillar oldin ulkan hududni egallagan tirik qazilma boyliklar bo‘lib, sayyoramizdagi eng katta, eng baland va eng uzoq umr ko‘radigan organizmlardan biridir”, deydi Gettingen universiteti professori hamda Sibir Federal universitetining o‘rmon genomikasi laboratoriyasining mudiri Konstantin Krutovskiy.

Ta’kidlanishicha, tajriba davomida olimlar iqlim ko‘rsatkichlari Germaniyaning qishki ob-havo sharoitlariga o‘xshaydigan laboratoriyada sekvoyya yetishtirishga harakat qilishgan va daraxtning bir necha yuz ming genlarini o‘rganib chiqishgan, shuningdek, 600 mingga yaqin transkriptlar (transkripsiya natijasida hosil bo‘lgan RNK molekulasi)ni to‘plashgan. Ma’lumotlarni qayta ishlashga esa Sibir Federal universitetining superkompyuter markazi xodimlari yordam berishgan.

Tadqiqot natijasida Yevropada o‘sishi mumkin bo‘lgan sekvoyya genotiplari mavjudligi ma’lum bo‘lgan.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!