Dunyodagi eng qadimiy mozaika Turkiyada topildi

Dunyodagi eng qadimiy mozaika Turkiyada topildi

Topilma rangli toshlardan yasalgan bo‘lib, xettlarning qadimgi shahri joylashgan hudud deya taxmin qilinayotgan joyda olib borilgan qazishmalar paytida aniqlangan.

Mozaika uchta alohida maydonga ajratilgan bo‘lib, ularning har birida bir nechta uchburchaklar mavjud. Olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu artefakt miloddan avvalgi XXI asrdan XVI asrgacha bo‘lgan muddat oralig‘ida yaratilgan bo‘lishi mumkin.

Arxeologlar 3 mingga yaqin turli qirrali toshlarni aniqlashdi. Bundan keyingi yillarda ishlangan mozaikalar silliq toshlardan qilingan bo‘lib,  olimlarning fikricha, bu mozaikaning yuza qismi ataylab yo‘l sirpanchiq bo‘lmasligi uchun silliqlanmasdan bajarilgan.

Ma’lumot o‘rnida, ilgarigi eng qadimgi mozaika janubiy Osiyoda topilgan va miloddan avvalgi IX asrga tegishli artefakt deb hisoblangan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!