Donald Serrone Konor Makgregorni yana jangga chorladi

Donald Serrone Konor Makgregorni yana jangga chorladi
– Shunchaki, uni kutaman. Men bitta jangchini bilaman, u Konor Makgregordir, – deb yozadi UFC jangchisi Donald o‘zining Instagramdagi sahifasida.
 
Donald UFCning yarim o‘rta vazn toifasida faoliyat yuritadi. Bungacha u janglarni yengil vaznda o‘tkazgan. Makgregor ham yengil va yarim yengil vaznlarda raqobatlashgan.
 
Eslatib o‘tamiz, Donald Serrone oxirgi 6 jangdan to‘rttasida mag‘lub bo‘lgan. Irlandiyalik sportchi esa so‘nggi ikki jangida Floyd Meyvezerga (boks qoidalari bo‘yicha jangda) va UFC doirasida Habib Nurmagomedovga imkoniyatni boy bergan.
 
Manba: uza. uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!