Dollar davri tugaydigan bo‘ldi

Dollar davri tugaydigan bo‘ldi

Yaqin kelajakda dollar jahon rezerv valyutasi maqomini yo‘qotishi mumkin, bu esa uning zaiflashishiga olib keladi. JP Morgan Chase investision banki analitigi Kreyg Koen ana shunday fikrni aytdi.

Dollarning o‘z maqomini yo‘qotishiga jahondagi iqtisodiy o‘sishning Osiyoga ko‘chgani sabab bo‘ladi. 

«Xitoy muntazam o‘sish va ichki islohotlar tufayli bu iqtisodiy siljishning markazida turibdi», — dedi Koen.

Jahondagi yetakchi valyutalarning almashib turishi tabiiy jarayondir. Ikkinchi jahon urushiga qadar Britaniya funti rezerv valyuta hisoblangan, deya ta’kidladi Koen.  

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp dollarni zaiflashtirishni o‘ylagandi. Valyutaning arzonlashishi Amerika iqtisodiyoti rivojlanishiga turtki berishi mumkin. Ammo bu dollarning jahon rezerv valyutasi maqomini xavf ostiga qo‘yishi ham mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!