Diyora Usmonova Toshkentga qaytdi (foto)

Diyora Usmonova Toshkentga qaytdi (foto)

Usmonovlar oilasining sobiq vakilasi Diyora Usmonova Toshkentga qaytdi. U Toshkentga kelganini ifoda etuvchi suratlarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirmoqda.
 
Anchadan buyon Turkiyaning Istanbul shahrida istiqomat qilib kelayotgan Diyora Usmonova turmushga chiqqani, o‘tgan yili o‘g‘il farzand ko‘rgani haqida xabar bergan edik. Uning turmush o‘rtog‘i bilan bog‘liq gap-so‘zlar bir necha kun avval isbotini topdi. Diyora Usmonova toshkentlik taniqli millionerlardan biri Botir Rahimov bilan oila qurgan.




 
Diyora Usmonova Toshkentga keliboq, “Mursak” libos uyining rekmalarida suratga tushdi. Ayni damda Diyora Usmonovaning milliy liboslardagi suratlari ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqalmoqda.
 
Ma’lumot o‘rnida, Diyora Usmonova taniqli o‘zbek milliarderi Alisher Usmonovning jiyan kelini sanaladi. U Alisher Usmonovning marhum jiyani Bobur Usmonov bilan turmush qurgan. Ularning Maryam ismli qizlar bor.



Qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!