“Disney” 2021 yilning birinchi yarmida deyarli 32 ming xodimni ishdan bo‘shatadi

“Disney” 2021 yilning birinchi yarmida deyarli 32 ming xodimni ishdan bo‘shatadi

Amerikaning “Walt Disney” korporasiyasi 2021 yilning birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklar sabab 32 mingga yaqin, asosan, bog‘larda ishlovchi xodimlarni ishdan bo‘shatadi.

Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda jami xodimlar taxminan 203 mingni tashkil qiladi. Qisqartirish esa ish o‘rinlarining 15 foizidan ko‘prog‘iga ta’sir etadi.

2020 yil 3 oktyabr holatiga ko‘ra, “Walt Disney” kompaniyasining taxminan 37.000 xodimi ish haqi to‘lanmagan ta’tilda.

Avvalroq, “Walt Disney Co” rahbariyati Kaliforniya hukumatini koronavirus tufayli 2020 yil bahorida yopilgan “Disneylend” bog‘ining ochilishiga ruxsat berishga chaqirgan va rasmiylar qancha kutishsa, mahalliy iqtisodiyotga shunchalik katta zarar eytkazilishini ta’kidlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!