Diniy ekstremizmni targ‘ib qilgan Rabbonaga qanday jazo berildi?

Diniy ekstremizmni targ‘ib qilgan Rabbonaga qanday jazo berildi?

– Aybimga iqrorman. Spirtli ichimlikka ruju qo‘yib, uni tashlash uchun jihod, hijrat qilish haqidagi noqonuniy, diniy mazmundagi ma’ruzalarni tinglaganim bor gap.

Afsuski, diniy ilmim bo‘lmaganligi sabab buning oqibati qanday yakun topishinivaqtida anglab etmadim. Qilmishimdan chin ko‘ngildan pushaymonman. Bu yo‘lga boshqakirmaslikka va’da beraman.

Bu e’tiqodi sustlik qilib, egri yo‘lni tanlagan ishtixonlik Rabbona Uzoqovning pushaymoni.

Gap shundaki, Rabbona Uzoqov 2014 yil 3 sentyabr kuni "odno­klassniki.ru" ijtimoiy tarmog‘iga kirib, "Rahimjon Uzoqov" nomli shaxsiy profilini rasmiylashtirdi.Hammasi o‘sha kundan boshlandi.

"Jihodchilar" diniy ekstremistik oqimining g‘oyaviy rahnamosi hisoblangan Abduvali Mirzayevning "Abduvali qori" nomli videolavha ko‘rinishidagi va boshqa bir nechta diniy ekstremistik hamda aqidaparastlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan ma’ruzalarini tinglash Rabbonaning sevimli mashg‘ulotiga aylanadi. Keyin ularni profilidagi"o‘rtoq"lariga tarqata boshlaydi.

2016 yilning iyul oyida ishlash uchun  Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga boradi. "O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas", deganlaridek, R.Uzoqov bu ishni hamxonalari o‘rtasida ham targ‘ib qiladi. Shuningdek, Suriyada bo‘layotgan voqealarning videolavhalarini ham kuzatib boradi.

Biroq uning "faoliyati" uzoqqa cho‘zilmadi. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Rabbona Uzoqovning kirdikorlari fosh bo‘ldi. Unga O‘zbekiston Respublikasi  Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida 5 yilozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!