Cakkiz kishining qotili qo‘lga olindi

Cakkiz kishining qotili qo‘lga olindi

Albaniya polisiyasi sakkiz nafar qarindoshini o‘ldirgan erkakni qo‘lga oldi, deb xabar berdi Albaniyaning Top Channel telekanali.

Qotillik poytaxt Tiranadan 100 kilometrcha masofada joylashgan Resulay qishlog‘ida sodir etilgan. 24 yoshli Ridvan Zikayning qurbonlari orasida 14 va 6 yoshli ikki bola ham bor.

U bir necha soatdan so‘ng qishloq atrofida qo‘lga olingan. OAVning xabar berishicha, u giyohvand bo‘lgan.

Qishloqda bo‘lib o‘tgan bayramdan so‘ng janjal kelib chiqqan. Taxmin qilinishicha, qotil uyidan Kalashnikov avtomatini olib chiqqan va bobosi, uning oilasi hamda yana bir qarindoshining oilasi a’zolarini otib tashlagan.

Unga umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Bu 1990 yildan beri Albaniyada bir kishi tomonidan sodir etilgan eng yirik ommaviy qotillikdir.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!