Buyuk Britaniyada yashovchi o‘zbekistonlik «O‘zbektelekom» Kuzatuv kengashiga kirdi

Buyuk Britaniyada yashovchi o‘zbekistonlik «O‘zbektelekom» Kuzatuv kengashiga kirdi

Buyuk Britaniyada yashab kelayotgan o‘zbekistonlik Zafar Zohidov «O‘zbektelekom» Kuzatuv kengashiga kirdi, u (kengash) kompaniya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Zafar Zohidov Londonda portfelli investisiyalar, korporativ moliya va bank ishi bo‘yicha 17 yillik tajriba orttirgan. Buyuk Kelajak ekspertlar kengashi a’zosi.

Farg‘ona davlat universitetining iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish fakultetini bitirgan. Buyuk Britaniyadagi Reding universitetida Xalqaro qimmatli qog‘ozlar, investisiyalar va bank ishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.

Black River Asset Management, Thames River Capital, Deutsche Bank London, Yevropa Tiklanish va taraqqiyot bankida ishlagan. 2016 yildan buyon Londondagi The Abraaj Group investisiya kompaniyasining kredit jamoasida direktor va katta portfel menejeri bo‘lib ishlaydi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!