Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey avariyaga uchradi

A A A
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey avariyaga uchradi

Belgiyada tashrifda bo‘lgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Sen-Simforyen harbiy qabristoniga yo‘lda avariyaga uchradi. Bu haqda 9 noyabr kuni Mirror xabar berdi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Mashinada Mey bilan birga Belgiya bosh vaziri Charlz Mishel ham bo‘lganligi ta’kidlanmoqda. Hodisa oqibatida har ikkala siyosatchi ham jabrlanmagan, biroq ikki polisiyachiga jarohat yetgan.

Avariya shoshilinch manyovr qilishga majbur bo‘lgan motosiklchining aybi bilan sodir bo‘lganligi ma’lum qilinmoqda.

Polisiya avariyani baxtsiz hodisa deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!