Buxorodagi avtobus yo‘lovchilari fermer xo‘jaligidagi ishlarga olib ketilayotgan bo‘lgan

Buxorodagi avtobus yo‘lovchilari fermer xo‘jaligidagi ishlarga olib ketilayotgan bo‘lgan

Buxoro viloyat IIB UZ24'ga avtobus gaz baloni portlashi bilan bog‘liq hodisa bo‘yicha yangi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Aniqlanishicha, Qorovulbozor tumanidagi “Raxmon Axmad” fermer xo‘jaligi raisi R.Axmedov, Vobkent tumani “Pushmon” MFY, “Xayrabodcha” qishlog‘ida yashovchi G.Roziqova tomonidan 25 nafar fuqarolardan iborat qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish uchun tashkil qilingan mavsumiy madad guruhi bilan kuniga har bir ishchiga 25 ming so‘m haq to‘lash evaziga fermer xo‘jaligida ekilgan makkajo‘xori boshoqlarini terish, shuningdek, jabrlanganlarning so‘zlariga ko‘ra, paxta terish uchun og‘zaki kelishib, Vobkent tumanidan Qorovulbozor tumaniga olib ketayotgan vaqtda ushbu hodisa sodir bo‘lgan.  

Eslatib o‘tamiz, 18 sentyabr kuni soat 07:30 larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi Buxoro – Qorovulbozor magistral yo‘lida avtobusning gaz baloni portlashi oqibatida 5 kishi vafot etdi, 21 kishi turli jarohatlar bilan kasalxonaga joylashtirildi

Hodisa yuzasidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari viloyat IIB TB zimmasiga yuklatildi va viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!