Buxoroda 38 ta yangi 3-4 yulduzli mehmonxona qurilmoqda

Buxoroda 38 ta yangi 3-4 yulduzli mehmonxona qurilmoqda

Buxoro viloyatida 3797 ta o‘rinli 38 ta yangi 3-4 yulduzli mehmonxona qurilmoqda. Bu haqda "Xalq so‘zi" xabar berdi.

Bunga parallel ravishda 1150 ta nomerga ega uchta mehmonxona rekonstruksiya qilinyapti.

Ulardan biri —1976 yildan foydalanishga topshirilgan «Zarafshon» mehmonxonasi hozirgi kunda butunlay yangi qiyofaga kirgan. Ta’mirlash ishlarining umumiy qiymati 80 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning chorak qismi (20 milliard so‘m) investisiya hisobiga amalga oshirilgan.

396 o‘rinli yangilangan mehmonxona kelgusi yilning uchinchi choragida sayyohlar uchun eshiklarini qayta ochadi.

Manba: darakchi. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!