Boylar uchun soliq tartibi o‘zgarmaydi

Boylar uchun soliq tartibi o‘zgarmaydi

Rossiya hukumati yaqin olti yilda soliqqa tortish tartibini o‘zgartirishni, shuningdek boylar uchun mol-mulk solig‘ini oshirishni rejalashtirmagan. 

Rossiya Federasiyasi moliya vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, bu haqda TASS xabar beradi. 

“Hukumat boylar to‘laydigan mol-mulk solig‘ini oshirib bo‘lgan. Moliya vaziri Anton Siluanov hukumatning qo‘shimcha soliq yuki bo‘yicha rejalari borligini ma’lum qilmagan. Avval ham bu haqda bir necha marotaba aytilganidek, yaqin olti yil ichida soliq shartlari o‘zgarmaydi” deyiladi vazirlik press-relizidan keltirilgan iqtibosda. 

Avvalroq, RF moliya vaziri Anton Siluanov “Perviy kanal“ning “Pozner” dasturiga bergan intervyusida soliq qonunchiligiga o‘zgartish kiritish maqsadga muvofiq emasligi, shundoq ham soliq holati mo‘’tadil ekanligini aytib o‘tgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, RFda mol-mulk solig‘i kadastr qiymatidan kelib chiqib 3 darajali stavkada to‘lanadi. Ushbu tartib 2015 yildan kuchga kirgan. Misol uchun, bahosi 300 million rubldan qimmat va 300 kvadrat metrdan oshgan ko‘chmas mulk 2 foiz stavkali soliqqa tortiladi.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!