Borovskiy tibbiyot kolleji o‘quvchisi o‘limiga sababchi bo‘lgan Islombek To‘laganov haqida IIV Rasmiy ma’lumot berdi

Borovskiy tibbiyot kolleji o‘quvchisi o‘limiga sababchi bo‘lgan Islombek To‘laganov haqida IIV Rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda Islombek To‘laganov Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Probasiya xizmati nazorati ostida jazoni o‘tamoqda.

Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksiga ko‘ra, sudlangan shaxsga nisbatan sud tomonidan belgilangan ozodlikdan mahrum qilish muddati jazo muddatining ma’lum qismi o‘talganda, insonparvarlik harakati sifatida yengilrog‘i bilan almashtirilishi mumkin.

Jinoyat kodeksining 90-moddasi uchinchi qismi b bandiga binoan, I.To‘laganov jazo muddatining to‘rtdan bir qismini o‘taganidan so‘ng, 2018 yil 20 dekabrda Jinoiy ishlar bo‘yicha Navoiy shahar sudi unga nisbatan muddatning o‘talmay qolgan qismini axloq tuzatish ishlariga almashtirdi, bunda oylik maoshning 20 foizi davlat daromadiga o‘tkaziladi , deyiladi IIV xabarida.

Borovskiy tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimovning o‘limida aybdor deb topilgan Islom To‘laganov jazo muddatini o‘tash vaqtida koloniyadagi rejimni buzmagani va mehnatga vijdonan yondashgani tufayli ozod etilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!