Mart oyida O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi

Mart oyida O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


Mart oyida dunyoda jami 25 tonna oltin, O‘zbekistonda 11 tonna qimmatbaho metal sotilgan, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz» muxbiri.

Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning mart oyida O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolgan. Uning orqasida sotish bo‘yicha Tailand (10 tonna) va Iordaniya (4 tonna) turadi. Shuningdek, sotilgan qimmatbaho metallarning jahon hajmi fevral oyidagi darajasidan 31,7 foizga oshgani qayd etilgan.

Mart oyida oltinning asosiy xaridori 14 tonna qimmatbaho metall sotib olgan Turkiya bo‘ldi. Undan keyin har biri 5 tonnadan oltin sotib olgan Xitoy va Hindiston turadi. Qozog‘iston va Singapur har biri 4 tonnadan sotib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!