Iroq shimolida 6 PKK terroristi zararsizlantirildi

Iroq shimolida 6 PKK terroristi zararsizlantirildi

Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi Iroq shimolida 6 nafar PKK terroristi zararsizlantirilganini ma’lum qildi.

Turkiya departamenti terrorizmga qarshi kurashning eng qat’iy va samarali tarzda davom etayotganini ta’kidladi.

Turkiya Qurolli kuchlari Pençe-Kilit operasiyasi hududida PKKga a’zo 6 nafar terroristni zararsizlantirdi, deyiladi Turkiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, PKK jangarilari Turkiyada birinchi marta qonli jinoyat sodir etgan 1984 yildan buyon 2020 yilning martigacha Turkiyaning 7500 nafar xavfsizlik kuchlari va 6800 nafar tinch aholi vakillari bu qotil tashkilot qo‘lidan halok bo‘lganini aytdi.

AQSh va Yevropa Ittifoqi PKKni terror tashkiloti ro‘yxatiga kiritdi.

Anqaraning mavjud vaziyatni hal qilish yo‘llarini topishga urinishlariga qaramay, terror tashkiloti PKK 2015 yilning iyul oyidan beri qurolli hujumlarni qayta boshladi.

So‘nggi yillarda PKK mintaqadagi qonli jinoyatlar uchun javobgarlikni o‘z bo‘g‘inlariga o‘tkazishga harakat qildi.

Suriyada PKK terroristlari PYD va YPG nomlari ortiga yashirinib, so‘nggi ikki yil ichida o‘zlarini «Suriya Demokratik kuchlari» deb atashdi.

Eronda PKK Kurdiston erkin hayot partiyasi (PJAK) sifatida faoliyat yuritadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!