Kongodagi teraktda 12 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Kongodagi teraktda 12 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Kongo Demokratik Respublikasining sharqida 4 may kuni terakt uyushtirilishi oqibatida kamida 12 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, terakt mamlakat sharqiy qismidagi ko‘chirilganlar lagerida yuz bergan. Kongo hukumati va mamlakatdagi AQSh rasmiylari Ruanda armiyasi va M23 isyonchi guruhini teraktni uyushtirishda ayblagan.

Hujumlar lagerning ikkita hududida sodir etilgani aytilgan. Portlash hududning asosan ayollar va bolalar istiqomat qiladigan qismlarida yuz bergan.

Terakt yuz bergan Shimoliy Kivu provinsiyasi hududida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Goma shahri yaqinidagi Lak Vert va Mugunga lagerlari hududiga xavfsizlik otryadlari kiritilgan.

Mamlakat rasmiylari kamida 20 kishi yaralanganini bildirishgan. Hujumlar inson huquqlari va xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol ravishda buzilishi va urush jinoyati ekanligi aytilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!