O‘zbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi

O‘zbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi

Chori baxshi yarim asrdan ziyod o‘zining sehrli ovozi va sozi bilan el olqishiga sazovor bo‘lgan baxshi sifatida Sherobod dostonchilik maktabiga mansub yosh baxshilarga o‘z ijodidagi dostonlarni o‘rgatib, ustozlik qilib kelmoqda edi.

Xalqimizning an’anaviy baxshichilik san’atini qayta tiklash va keng targ‘ib etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ushbu noyob san’at sirlarini o‘rgatishda, xalqimiz kelajak avlodlarga o‘zining yaratgan dostonlarini meros qilib koldirish yuzasidan olib borgan xizmatlari uchun 2017 yilda davlatimiz tomonidan Chori baxshi Umirovga «O‘zbekiston Xalq baxshisi» unvoni berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!