HAMAS bu safar bunga chek qo‘yadi

HAMAS bu safar bunga chek qo‘yadi

Falastinning HAMAS harakati delegasiyasi Isroil tomoni bilan G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash niyatida Misr poytaxtiga yo‘l oldi. Bu haqda harakatning Telegram-kanalida chop etilgan bayonotida aytiladi.

«HAMAS olingan sulh bo‘yicha taklifni o‘rganib chiqdi, unga ijobiy javob berdi va kelishuvga erishish uchun Qohiraga yo‘l oldi», — deyiladi bayonotda.

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Berns muzokaralarda ishtirok etish uchun kecha Qohiraga keldi, deb xabar qilmoqda Times of Israel gazetasi Misr xavfsizlik xizmatidagi manba va Qohira aeroportidagi uchta manbaga tayanib.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!