Anonymous xakerlar Gruziya Adliya vazirligi saytiga hujum qilishdi

 Anonymous xakerlar Gruziya Adliya vazirligi saytiga hujum qilishdi

Xakerlar guruhi 3 may kuni Gruziya Adliya vazirligi saytiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Avvalroq xakerlar hukmron "Gruziya orzusi" partiyasi, hukumatga yaqin PosTV telekanali va Gruziya Ichki ishlar vazirligi veb-saytlarini o‘chirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan edi.

"Anonymous Gruziya hukumatining “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunga qarshi o‘z fuqarolariga nisbatan g‘ayriinsoniy xatti-harakatlari tufayli bunday hujumlarni davom ettirishga va’da beradi", deyiladi guruh tomonidan e’lon qilingan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!