Gitlerning Polshadagi bosh qarorgohi hududidan beshta skelet topildi

Gitlerning Polshadagi bosh qarorgohi hududidan beshta skelet topildi

Tadqiqotchilar Adolf Gitlerning Polshadagi sobiq shtab-kvartirasi hududidagi German Geringning uyida olib borilgan qazishmalar paytida besh kishining jasadini topdilar.

Bu haqda Der Spiegel xabar berdi.

Jurnalning yozishicha, qoldiqlar orasida yangi tug‘ilgan chaqaloq skeletining bo‘laklari bo‘lgan.

Qayd etilishicha, topilgan barcha beshta skeletning qo‘llari va oyoqlari yo‘q edi.

Shu bilan birga, jurnalning ta’kidlashicha, bundan oldin Geringning uyi chuqur o‘rganilgan deb hisoblangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!