Evro-2024'da terma jamoalar 26 ta futbolchini qaydnomaga kiritishi mumkin bo‘ladi

Evro-2024'da terma jamoalar 26 ta futbolchini qaydnomaga kiritishi mumkin bo‘ladi

UYEFA Ijroiya qo‘mitasi Yevro-2024da ishtirok etuvchi terma jamoalarda qaydnomaga kiritiladigan futbolchilar limitini oshirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda sport tashkiloti rasmiy sayti.

Endi jamoalar o‘z arizalariga 26 nafargacha futbolchini o‘z kengaytirilgan tarkibiga kiritishlari mumkin. Ilgari jamoaning maksimal tarkibi 23 nafar futbolchidan iborat bo‘lar edi.

Qayd etilishicha, musobaqa reglamentiga ko‘ra, Yevro-2024 musobaqasi uchun jamoalarning yakuniy ro‘yxati turnir boshlanishiga yetti kun qolganda, 7 iyunga qadar Yevropa futboli boshqaruv organiga taqdim etilishi kerak.

Evropa chempionati final qismi o‘yinlari 2024 yilning 14 iyundan 14 iyuliga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Turnirga o‘nta shahar mezbonlik qiladi: Berlin, Dortmund, Dyusseldorf, Frankfurt, Gelzenkirxen, Gamburg, Kyoln, Leypsig, Myunxen va Shtutgart.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!