Investisiya forumi qatnashchilari Samarqandda bo‘ldi

Investisiya forumi qatnashchilari Samarqandda bo‘ldi

Uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan xorijlik mehmonlarning, nufuzli delegasiyalari vakillari Samarqandda bo‘ldi.

Jumladan, bugun BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Tatyana Molchan hamda O‘mon Sultonligi savdo, sanoat va investisiyalarga ko‘maklashish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusuf qadimiy shahardagi tarixiy madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylarni tomosha qildi.

Mehmonlarga xalqimizning boy tarixi va madaniyati, ajdodlarimiznigg bunyodkorlik salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
O‘mon Sultonligi savdo, sanoat va investisiyalarga ko‘maklashish vaziri "SamAntepgilam" qo‘shma korxonasida ham bo‘lib,, bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonlari, korxona faoliyati bilan tanishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!