Makronning G‘arb qo‘shinlarini Ukrainaga kiritilishi mumkinligi haqidagi so‘zlari keskinlikni kuchaytirmoqda

Makronning G‘arb qo‘shinlarini Ukrainaga kiritilishi mumkinligi haqidagi so‘zlari keskinlikni kuchaytirmoqda

Makronning G‘arb qo‘shinlarini Ukrainaga kiritilishi mumkinligi haqidagi so‘zlari keskinlikni kuchaytirmoqda, dedi Italiya Mudofaa vazirligi rahbari.

Gvido Krosetto Fransiya prezidenti nima uchun bunday bayonotlar qilayotganini tushunmasligini qo‘shimcha qildi.

Uning ta’kidlashicha, Italiya bunda ishtirok etish niyatida emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar «muloqotning barcha shakllarini izlashlari» va «diplomatiya to‘rini to‘qishni» boshlashlari kerak.

Avvalroq Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Makronning so‘zlarini «tahdidli» deb atagan, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron esa qo‘shinlarning kiritilishi «xavfli eskalasiya»ga olib kelishini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!