Andijonda 8 yoshli qizni poyezd urib yubordi

Andijonda 8 yoshli qizni poyezd urib yubordi

Andijon viloyatida 8 yoshli qizni poyezd urib yubordi. Bu haqda «Bu kun» dasturida xabar berildi.

Baxtsiz hodisa 28 aprel kuni soat taxminan 16:30 larda Andijon tumanining Do‘ngqishloq mahallasi hududidan o‘tuvchi Xonobod—Andijon temiryo‘lida sodir bo‘lgan.

Poyezd harakatlanayotgan vaqtda nazoratsiz qoldirilgan 2016 yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan.

Hodisa sabab qiz bosh qismidan jarohat olib, hushsiz holatda shifoxonaga yetkazilgan. Unda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Hozir ahvoli juda og‘ir ekani ta’kidlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!