Belgorodda portlash yuz berdi, qurbonlar bor

Belgorodda portlash yuz berdi, qurbonlar bor

Belgorodda portlash sodir bo‘ldi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, besh kishi jarohatlangan.

Gubernator Vyacheslav Gladkov voqea joyiga borgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 30 ta uy shikastlangan.

Qurbonlar orasida uchta ayol va ikki erkak bor. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan.

«Hozirgi vaqtda 30 ta xususiy uy xo‘jaligida zarar aniqlangan, o‘nta avtomobil ham shikastlangan. O‘t o‘chiruvchilar ikkita yong‘inni o‘chirishmoqda. Men eng jiddiy zarar ko‘rgan uy egasi bilan gaplashdim. Mo‘’jiza bilan hamma tirik qoldi», — deb yozdi Gladkov Telegram’da.

So‘nggi 24 soat ichida Ukraina qo‘shinlari Belgorod viloyatining besh tumaniga uchuvchisiz samolyotlar bilan kamida 30 marta hujum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!