Mourinyoga Saudiyadan kutilmagan taklif tushdi

Mourinyoga Saudiyadan kutilmagan taklif tushdi

Joze Mourinyu faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassisga "Al Qodisiya" qiziqish bildirmoqda. Klub aprel oyida FIFA bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolagan Aramco neft kompaniyasiga tegishli.

"Al Qodisiya" ayni damda Saudiya Arabistonining ikkinchi darajali ligasida ishtirok etmoqda va kelasi mavsum oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga juda yaqin turibdi. Ular buning uchun 4 uchrashuvda bor-yo‘g‘i 2 ochko to‘plashlari kerak. Rahbariyat Saudiya Arabistoni mustaqil fondi (PIF) egalik qiladgan klublar bilan raqobat qilmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!