Turkiya Rossiyaga qaramlikni kamaytirish uchun AQShdan gaz yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — Financial Times

Turkiya Rossiyaga qaramlikni kamaytirish uchun AQShdan gaz yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — Financial Times

Turkiya energetika vaziri Alparslan Bayraktarning gazetaga ma’lum qilishicha, Anqara Amerikaning ExxonMobil energetika kompaniyasi bilan suyultirilgan gaz sotib olish bo‘yicha ko‘p milliard dollarlik shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

"Turkiya energetika sohasida Rossiyaga bog‘liqlikni kamaytiradigan yangi ta’minot portfeli yaratmoqchi. Hozirda mamlakat gaz iste’molining deyarli barchasini Rossiya Federasiyasidan import qiladi. Rossiya va Eron bilan Turkiyaga gaz yetkazib berish bo‘yicha ba’zi shartnomalarning muddatlari yaqin kelajakda tugaydi", — deya izoh berdi Bayraktar.

ExxonMobil Turkiyaga yiliga 2,5 million tonnagacha suyultirilgan gaz yetkazib berishi mumkin, ushbu loyihaning qiymati 1,1 milliard dollarga teng bo‘ladi. Bu hajm mamlakatdagi tabiiy gaz yillik iste’molning qariyb 7 foizini qoplaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!