OAV G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda “jiddiy oldinga siljish” haqida xabar bermoqda

 OAV G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda “jiddiy oldinga siljish” haqida xabar bermoqda

Misrning Al-Qahera News telekanali Isroil va HAMAS harakati vakillari ko‘plab bahsli masalalarda murosaga kelgani haqida xabar bermoqsa, biroq boshqa tafsilotlarni keltirmadi. Amerikalik vositachilar ham so‘nggi kunlarda so‘nggi kunlarda Qohiradagi muzokaralarda oldinga siljish alomatlari haqida bildirishgan.

Ismini oshkor etmagan isroillik yuqori martabali amaldorning AP agentligiga aytishicha, Isroil hali ham Rafahda harbiy operasiya o‘tkazish niyatida, shuningdek, garovga olinganlarning ozod etilishiga javoban G‘azoda urushni to‘liq to‘xtatish va qo‘shinlarni hududdan olib chiqishga rozi bo‘lmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!