Yaman huciylari Qizil dengizda Isroil kemalariga yana hujum qiladi

Yaman huciylari Qizil dengizda Isroil kemalariga yana hujum qiladi

Yaman huciylari Isroil portlariga ketayotgan kemalarga o‘zlari yeta oladigan har qanday hududda hujum qilishga va’da berishdi. Bu haqda Yahyo Sari ma’lum qildi.

“Biz Isroilning O‘rta yer dengizidagi portlariga boradigan har qanday kemaga, istalgan mintaqadan hujum qilamiz”, – dedi Sari dadillik bilan.

Shuningdek, u ushbu harakat xabarnoma e’lon qilingan paytdan boshlab darhol amalga oshirilishini aytdi.

Noyabr oyidan beri Yamanning Ansor Alloh, ya’ni huciylar harakati Qizil dengiz, Bob al-Mandab bo‘g‘ozi va Adan ko‘rfazidagi kemalarga qarshi ko‘plab raketa va samolyot hujumlarini amalga oshirdi. Husiylar o‘z hujumlarini falastinliklar bilan birdamlik kampaniyasi va Isroilning G‘azo sektorida davom etayotgan urushiga qarshi norozilik deb atadi.

Bu qaror sabablaridan biri sifatida Sari 1,5 milliondan ortiq falastinlik boshpana topgan G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida davom etayotgan “tajovuzkor harbiy amaliyot”ni keltirdi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu har kuni bombardimon qilinayotgan Rafahga quruqlikdagi qo‘shinlarni yuborish bilan tahdid qildi. Isroilning quruqlikdagi ehtimoliy hujumi xalqaro norozilikni keltirib chiqardi. Ko‘plab davlatlar, jumladan, AQSh Isroil hukumatini hujum qilmaslikka chaqirdi.

Muzokaralarda hali ham jiddiy to‘siqlar mavjud. XAMAS doimiy ravishda o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarining G‘azo sektoridan to‘liq olib chiqilishi va ko‘chirilgan falastinliklarning o‘z uylariga to‘siqsiz qaytishini kafolatlamaydigan kelishuvni qabul qilmasligini bir necha bor ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!