AQSh "super davlat" bo‘lishdan to‘xtadi - Borrel

AQSh "super davlat" bo‘lishdan to‘xtadi - Borrel

Qo‘shma Shtatlar gegemonlik maqomini yo‘qotdi, Xitoy esa super davlatga aylanmoqda. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel Buyuk Britaniyaning Oksford universitetidagi nutqi chog‘ida aytib o‘tdi.

«Sovuq urushdan keyin biz yashagan xalqaro tuzum o‘z faoliyatini to‘xtatdi, Amerika gegemonlik maqomini yo‘qotdi, 1945 yildan keyin vujudga kelgan dunyo tartibi esa o‘z o‘rnini yo‘qotmoqda. Shuningdek, biz Xitoyning yuksalishi va super davlat sifatida paydo bo‘lishini ko‘rmoqdamiz», — dedi Borrel.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!