Yunusoboddagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, kuch ishlatayotgan tarbiyachi ishdan olindi

Yunusoboddagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, kuch ishlatayotgan tarbiyachi ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Yunusobod tumanidagi 414-sonli DMTT tarbiyachisi bolalarga qo‘pol muomalada bo‘lib, ularni qo‘rqitib, kuch ishlatayotgani videolavhada aks etgan xabar e’lon qilingandi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Ishchi guruhi o‘rganish olib bordi. Unga ko‘ra, yuqoridagi voqea 2024 yilning mart oyida Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kuzatilgan.

Yakunda davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati tarbiyachi I.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilganligi va xodim ishdan bo‘shatilganligini ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!