Turkiyada bomba haqida ogohlantirish berilgan samolyotda xavfli modda aniqlanmadi

Turkiyada bomba haqida ogohlantirish berilgan samolyotda xavfli modda aniqlanmadi

Turkiyada Anqara-Erzinjon reysini amalga oshirayotgan samolyotda bomba borligi haqidagi ogohlantirish asossiz ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bu haqda «Anadolu» nashri ma’lum qildi.

Asanbog‘a aeroportiga qaytgan samolyot qulay tarzda qo‘ngani va xavfsiz to‘xtash joyiga olib ketilgani ma’lum qilindi.

Yo‘lovchilar evakuasiya qilinganidan so‘ng, samolyot maxsus guruhlar va hidlovchi itlar tomonidan tekshirildi.

Shuningdek, yo‘lovchilar va ularning yuklari ko‘zdan kechirildi.

Samolyotda polisiya guruhlari tomonidan olib borilgan tintuvlar natijasida xabarning yolg‘on ekanligi ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!